O’zbekiston Respublikasida 2021- yilda sinov tariqasida aholini

Ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish tartibi to‘g‘risidagi

Nizom tasdiqlandi.

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 710-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash tartibini belgilab beradi.

Ushbu Nizom Internet tarmog‘i orqali o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi respondentlar va sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish jarayonlariga vaqtinchalik jalb qilinadigan hodimlar tomonidan foydalanishlari uchun mo‘ljallangan.

Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish, umumlashtirish, qayta ishlash va chop etish Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda - Tizim) yordamida amalga oshiriladi (ilova). Tizim Davlat statistika qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda - Qo‘mita) tomonidan ishlab chiqilgan ma’lumotnomalar va klassifikatorlar (aholi manzili, MНOВT, bandligi, millati, tili va boshqalar) bilan ta’minlangan. Tizimga kiritilgan tasniflagichlar ro‘yxatga olish varag‘i shakllaridagi ayrim savollarni avtomatlashgan tarzda kodlashtirish imkonini yaratadi. Tizimga ma’lumotlar ikki xil usulda kiritiladi:

  • a) respondentlar tomonidan o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni internet tarmog‘i orqali census.stat.uz rasmiy veb-saytiga kirgan holda himoya kodi bilan himoyalangan tarzda shaxsiy ma’lumotlarpi tizimga kiritish orqali;
  • b) qog‘oz shaklidagi aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllariga respondentlarning shaxsiy ma’lumotlarini yozma shaklda to‘ldirish orqali yig‘ilgan ma’lumotlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan oreratorlar yordamida tizimga kiritish.