O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan Davlat dasturlari ijrosini ta’minlash maqsadida statistika organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy komissiyasi shakllantirilgan bo‘lib, ushbu komissiyaning 2022 yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Bugungi kunga kelib joylarda ushbu chora-tadbirlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan (t.me/stat_antikorrupsiya) telegram bot ish faoliyat yuritib kelmoqda hamda shu bilan birga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, viloyat statistika boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ishonch telefonlariga (69-227-85-06) korrupsiya holatiga duch kelinsa murojaat etishlari uchun qulayliklar yaratilgan.
Yangiqo’rg’on tuman statistika bo’limi





