Yangiqo’rg’on tumanidagi 12-umumta’lim maktabida tuman Faxriylar ishlari bo’yicha kengashi hamda Мahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi bilan hamkorligida "Uch avlod uchrashuvi" bo’lib o’tdi.



Samimiy ruhda o’tgan tadbirda o’quvchi yoshlar bilan “Odob-ahloq”, "Mardlar qo’riqlaydi Vatanni", “Siz bilan faxrlanamiz” mavzularida yurakdan suhbatlar bo’lib o’tdi.
Tadbirning badiiy qismida o’quvchi yoshlar she’r aytib, raqslarga tushib barchaga ko`tarinkilik ulashdilar.
Tadbir yakunida bir nechta o’quvchi yoshlar mehmonlar tomonidan badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandilar. Tadbirda tuman “Nuroniy” jamg’armasi tuman bo’limi boshlig’i M. Dadaboyev, O’zbekiston yozuvchilar hamda O’zbekiston jurnalistlar uyushmalari a’zosi Q. Ibragimov, baynalmilalchi jangchi A.To’raqulov, Faxriylar ishlari bo’yicha kengash raisi, zahiradagi podpolkovnik E.Abdurahmonovlar ishtirok etdilar.
Янгиқўрғон туман ҳокимлиги





