Tuman hokimligi, RMMM tuman bo‘linmasi, Madaniyat bo‘limi, Xalq ta’limi bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar bo‘limi xodimlari, “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi a’zolari va tegishli tashkilotlar hamkorligida Zarbdor Madaniyat markazida shu hududda istiqomat qilayotgan aholi vakillari hamda uyushmagan yoshlar ishtirokida “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va millatlararo totuvlikni mustahkamlash hamda "Uch avlod uchrashuvi" doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.



Tadbirda RMMM tuman bo‘linmasi rahbari I.Mamadjonovning “O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunining loyihasi” hamda “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat!” shiori ostida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga oid ma’ruzalari tinglandi.
Shuningdek, uzoq yillar davomida halol mehnatlari bilan mamlakat rivojiga ijoyib hissa qo‘shgan bir guruh mehnat faxriylari yodga olinib, ularning yaqinlariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.





