Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining topshirigʻiga asosan tuman madaniyat markazining old maydonida “Yangi Oʻzbekistonning yangi iste'dodlari!" nomli hisobot konsert dasturi bo'lib o'tdi.

Unda tuman madaniyat va turizm boʻlimi tizimida faoliyat yuritayotgan "Xalq teatri", "Boychechak" bolalar raqs, "Parvoz" ijodiy va "Shodiyona" folklor etnografik jamoalari o'z badiiy dasturlarini namoyish etdilar.

Dastur davomida boʻlimning  ijodkor xodimlari tomonidan taqdim etilgan raqslar, sahna koʻrinishlari va kuy-qoʻshiqlar  tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.