Yangiqo‘rg‘on tumani Quyi Qorapolvon MFY Gulshan ko‘chasida “Most Master” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 60 metr uzunlikdagi ko‘prik qurilmoqda.

Mazkur ishlar Vazirlar Mahkamasining "2022-2023 yillarda viloyat aholisining turmush sharoitini yana-da yaxshilash tadbirlari to‘g‘risidagi VM-670-sonli qaroriga asosan bajarilmoqda.

Hozirgi kunda loyiha muhim bosqichga yetdi, ishning 80 foizi allaqachon bajarib bo‘lindi. Ushbu qurilish jarayonida ishtirok etgan jamoaning fidoyiligi va tajribasini natijasi deyish mumkin.

Qurilish tugallangandan so'ng, ko'prik mahalliy hamjamiyat uchun transport va aloqani yaxshilash borasida muhim bo'g'in bo'lib xizmat qiladi.

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi