«Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 10 fevraldagi 61-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat ishchi guruhi Yangiqo‘rg‘on tumanida bo‘ldilar.

Ishchi guruhi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi, “Yuksalish” MFY va tuman markazidagi ko‘chalarda “Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida” va “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq ish yuritilishi holatini o‘rgandilar.

Tadbirda viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi I.Qo‘chqorova rahbarligidagi ishchi guruh a’zolari ishtirok etishdi.

Shuningdek, Yuksalish MFYda mavjud ko‘chalar, tor ko‘cha, berk ko‘cha va o‘tish yo‘llarini xatlovdan o‘tkazish, nomsiz ko‘chalarni aniqlash va ularga nom berish yuzasidan amaliy ishlar tashkil etildi.

Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi axborot xizmati