Yangiqo‘rg‘on tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini borasida jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Namangan viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari ishtirokida 10-umumta’lim maktabida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchiliknihg oldini olish mavzusiga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘smir o‘quvchi, uning sinfdoshlari, ota-onalar, mahalla beshligi, nuroniylar ishtirok etishdi.

Muhokama yig‘ilishida sodir etilgan jinoyatlar atroflicha tahlil qilindi. Viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va nuroniylar voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarnihg oldini olish, bu borada hamkorlikni, xushyorlikni kuchaytirish lozimligi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. ‌‌