Yangiqo'rg'on tumanida bugun Juma - mehr va sahovat kuni munosabati bilan navbatdagi tadbir bo'lib o'tdi.



Unda tuman hokimi A.Najmiddinov, hokim o'rinbosari E.Mexmonov, "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazi direktori U.Raxmatullayev hamda "Sahovat va ko'mak" jamg'armasi bilan birgalikda jismoniy nuqsoni bor va yakka-yolg`iz yashovchi fuqarolar holidan habar olindi.
Hususan, "Do'stlik" MFYda yashovchi fuqaro D.Mirzamaxmudova, "Zarbdor" mahallasidan M.Nazarqulov, M.Sonsizova, "Namuna"dan R.Shermatova, J.Abdusalomova, M.Artiqova va "Qayroqi" MFYda yashovchi R.To'xtaboyevalarning xonadonlarida bo`lib, oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Shuningdek, Quyi Qorapolvon MFYda yashovchi fuqaro, mehr-e`tiborga muhtoj X.Mirzakarimova, Yuqori Qorayontoq MFYdan N.Yo`lchiyevalarga viloyat Xalq banki tomonidan Elektron yuritmali aravachalar berildi.





