Ma‘naviyat karvoni - Yangiq‘o‘rg‘onda

Tumanning chekka chegaraoldi mahallalarida DXX Chegara qo‘shinlari hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan "Chegaraoldi mahallalardagi yoshlarni turli yot g‘oyalar girdobiga tushib qolishining oldini olish, ularni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyat hamda an'analarga hurmat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida respublikamizning olis chegaraoldi hududlarida "Vatan ostonasi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etish bo‘yicha yo‘l xaritasiga binoan Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan Ko‘kyor Madaniyat markazida “Vatan ostonasi!” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” o‘tkazildi.



Ma’naviyat festivalida RMMM harbiy vatanparvarlik bo‘limi boshlig‘i Maxfirat Zikirova, RMMM Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Jamila Shermuhammedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Otaboyev, RMMM Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhiddinova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artisт Tolib Hojiyev, shoir, qator qo‘shiqlar muallifi Anvarjon Nishonov, O‘zbekiston veteranlar birlashmasi qoshidagi “Vatanparvar fidoyilar” badiiy targ‘ibot jamoasi rahbari Alisher Hamroyev, O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlari podpolkovnigi Elbek Sharipovlar ozlarining chiqishlari bilan barchani mamnun etishdi.

Tadbir davomida chegara qo‘shinlari xizmatchilari tomonidan qurol aslahalari, harbiy texnikalar, kuzatuv va aloqa moslamalari ko‘rgazmasi, harbiy chiqishlari namoyish etildi.

Tadbir chegara qo‘shinlarining harbiy qismida davom ettdi. Poytaxtdan tashrif buyurgan mehmonlar harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan uchrashib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazdilar.

Tadbirda RMMM Namangan viloyati bo‘limi rahbari Musoxon Appokov, Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi, tuman Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Asadullo Najmiddinovlar ham kun tartibidagi mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar.