O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini tashkil etish va amaliy ko‘maklashish hamda 2023-yil 22-noyabr kuni Namangan viloyati hokimi, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Sh.Abdurazzakov raisligida o'tkazilgan videoselektorda belgilangan vazifalarni bajarilishi yuzasidan Yangiqo'rgo'n tumanidagi 22-, 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganish olib borildi.

Unda tuman hokimining maslahatchisi A.Ganixudjayev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari I.Mamadjonovlar tomonidan ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalib, kerakli tavsiya va takliflar berildi.