O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilini davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli hamda “Mamlakatda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmonlari, shuningdek, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini tashkil va amaliy ko‘maklashish yuzasidan joylarda o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman hokimining maslahatchisi A.Ganixudjayev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tumani bo‘linmasi rahbari I.Mamadjonovlar tomonidan ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga bo‘yicha tavsiya va takliflar berildi.