🔰 Yangiqoʻrgʻon tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi va Yangiqoʻrgʻon tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi A.Qayumov sovrini uchun "IT Winners" robototexnika ko’rik-tanlovi boʻlib oʻtdi.

👥 Koʻrik-tanlovda tumanimizdagi 60 dan ortiq robototexnikaga qiziquvchi oʻquvchi-yoshlar shu jumladan qizlar ham ishtirok etdilar.

🏆"IT Winners" koʻrik-tanlovi gʻoliblari maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i A.Qayumovning 1-o'rin uchun 1 000 000 so'm, 2-o'rin uchun 500 000 so'm 3-o'rin oʻrin uchun 300 000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

🎖Bundan tashqari eng koʻp ijodiy ishi bilan qatnashgan 1 nafar ishtirokchi "Faol ishtiroki uchun" 100 000 so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

💠 Koʻrik-tanlovning asosiy maqsadi, tumanimizdagi robototexnikaga qiziquvchi yosh ijodkorlarni aniqlash va ularni ragʻbatlantirishdan iboratdir.