Muhtaram Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida barchamiz uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi dolzarb vazifalar belgilab berildi.



Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 41-umumta’lim maktabida “Salmon” mahallasi faollari, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga davlat rahbarining murojaati, unda belgilab berilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan “Yangi ma’naviy makon va ma’rifatli jamiyat”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Zero, yurtboshimiz tomonidan ta’kidlangan va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar kundalik hayotimizning bosh shioriga aylanishi lozim:
- “Bugun ma’naviyat boshqa sohalardan o‘n qadam oldinda yurishi, ma’naviyat yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak”;
- “Agar biz ma’naviy boy bo‘lmasak, ko‘zlangan maqsadga erisha olmaymiz”;
- “Aholi, ayniqsa yoshlar ongini o‘zgartirish uchun bel bog‘lashimiz zarur”;
- “Qalbi va ongi bolalikdan “halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni kamolotga etkazishimiz lozim”.
- “Hozirgi zamonda ma’naviy nuqtai nazardan “uxlab yotish”ga, loqayd bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q. Barcha fojia va muammolar, Vatanga, millatga, kelajakka xiyonat aynan loqaydlikdan boshlanadi”.
Tadbirda mahalla tizimiga daxldor bo‘lgan ustuvor vazifalarni har bir mahalla raisi mahalla faollariga, ko‘chaboshi va uyboshilarga etkazishi va ular tomonidan aholi o‘rtasida keng targ‘ibot qilishlari alohida ta’kidlab o‘tildi. Va maxsus videorolik namoyish etildi.





