Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi, sport vazirligi, mahallalar uyushmasi hamkorligida yoshlar oʻrtasida sportni ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash maqsadida har yili futbol va mini-futbol boʻyicha DXX raisi kubogi uchun musobaqalari oʻtkazib kelinmoqda.

Yangiqoʻrgʻon tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi mazkur musobaqaning bu yilgi mavsumiga start berildi.

Kubok uchun kurashda tumanning 71 ta mahallalaridagi 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol boʻyicha kurash olib borishadi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirning ochilish marosimida sektor rahbarlari, sport maktabi, yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi. Soʻzga chiqqanlar sohadagi islohotlar, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida toʻxtaldilar.