10-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida o'quv-seminari tashkil etildi.

O'quv seminarda Namangan davlat universiteti, tarix fanlari nomzodi, dotsent B.Isoqov, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zosi, “Usmon Nosir” nashriyoti rahbari A.Jo’rayev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari I.Mamadjonov, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri A.Qayumov, shuningdek, tumandagi barcha maktablarning direktorlari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirok etishdi.

Seminar trenningda B.Isoqovning "Ma’naviy taraqqiyotning metodologik asoslari", Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari I.Mamadjonovning "Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni joriy etishning kreativ texnologiyalari ("Ma'naviyat sektori" misolida)", tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri A.Qayumovning "Maktablarda ma’naviy muhit, o’quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o’qituvchi va murabbiylarning mas’uliyati" mavzularidagi ma'ruzalari tinglandi.

Shuningdek, maktabning faol o’quvchi-yoshlari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari, musiqiy dasturlari namoyish etildi.