Янгиликлар
Birinchidan, ma’lum bir sanada aholining aniq soni (yoshi va jinsi tarkibi, fuqaroligi, milliy tarkibi (keng qamrovli), barcha aholi punktlari bo‘yicha soni, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi, aholi bandligi (kasbi va mutaxassisligi) va ishsizligi, daromad olish manbalari, nogironligi bo‘yicha batafsil ma’lumot olinadi.
Ikkinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste’mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) ishlatiladi.
Uchinchidan, aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.
To‘rtinchidan, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot sifatida foydalaniladi.
Beshinchidan, statistika idoralari tomonidan tashkil etiladigan tanlama kuzatuvlarni tashkil etishda ma’lumotlar bazasi sifatida qo‘llaniladi.
Oltinchidan, Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish ko‘rsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritishda xizmat qiladi.
Yettinchidan, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda foydalaniladi.
Sakkizinchidan, Xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tahlillar uchun keng qamrovli axborotlar manbai hisoblanadi.
Bunday ma’lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi bo‘yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, fan va jamiyatni axborot bilan ta’minlash uchun zarurdir.
1.Davriylik
Aholini ro‘yxatga olish o‘n yilda kamida bir marta o‘tkaziladi
- Umumiylik va bir payitdalik
Aholini ro‘yxatga olishning yagona belgilangan sanasida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida bir payitning o‘zida amalga oshiriladi.
- Ro‘yxatga olishning yakka tartibdaligi
Shaxsga doir ma’lumotlar yig‘ilayotganda ro‘yxatga olish varag‘i har bir uchun yakka tartibda to‘ldiriladi.
- Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi
Aholini ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiy bo‘ladi va roziligisiz oshkor etilmaydi.
- Aholini ro‘yxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni yagona boshqaruv tizimini yaratish asosida markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Respondent deganda kimlarni tushunasiz?
Aholini ro‘yxatga olish sanasida O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini ro‘yxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
Respondentlarning huquq va majburiyatlari
- O‘zining shaxsga doir ma’lumotlari nima maqsadida yig‘ilayotganligini, kim va qay tarzda foydalanishini bilish;
- O‘zi uchun to‘ldirilgan ro‘yxatga olish varaqlari bilan tanishib chiqish;
- Ro‘yxatga oluvchi xodimlardan tegishli guvohnomani ko‘rsatishini talab qilish;
- Ro‘yxatga oluvchi varag‘ining shakliga binoan shaxsga doir ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish huquqiga ega bo‘lish;
- Respondentlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga monelik qilmasligi.
Ro‘yxatga oluvchi xodimlarning huquqi:
Ro‘yxatga olish varag‘iga binoan respondentlardan shaxsga doir ma’lumotlarni olish;
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarni bajarganligi uchun mehnatga haq olish.
Ro‘yxatga oluvchi xodimlarning majburiyatlari:
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ilish boshlashdan oldin respondentga o‘z guvohnomasini ko‘rsatish;
O‘z vakolatlariga muvofiq ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarish;
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishda dasturda belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etish;
Shaxsga doir ma’lumotlarnning maxfiyligini ta’minlash.
Aholini ro‘yxatga olish sohasida Davlat statistika
qo‘mitasining vakolatlari
Ro‘yxatga olish xujjatlari shakllarini, ro‘yxatga oluvchi xodimlar guvoxnomasi shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Aholini ro‘yxatga olish dasturini va ro‘yxatini olish varag‘ining shakllarini ishlab chiqadi.
Ro‘yxatga olish varaqlari tayyorlanishini va hududlarga yetkazilishini ta’minlaydi.
Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida aholini xabardor qilishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi.
Ro`yxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va o‘qitish tartibini, shuningdek shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish tartibini belgilaydi va ularga ishlov berishni amalga oshiradi.
Ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa ro‘yxatga olish xujjatlarining saqlanishi, yoq qilinishi tartibini belgilaydi.
Ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa aholini ro‘yxatga olish xujjatlarini saqlash va yoq qilishni ta’minlaydi.
Aholini ayrim toifalariga kimlar kiradi?
-Bolalar uylarida, tarbiya muassasalarida, “Bolalar shaharchalari”da;
-Ijtimoiy muassasalarida;
-Diniy muassasalarida;
-Shifoxonalarda va boshqa sog‘liqni saqlash tashkilotlarida;
-Zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlarida;
-Qamoqda saqlash joylarida, tergov xibsxonasida, ahloq tuzatish muassasalarida va maxsus muassasalarida yashayotganlar.
Туман ҳокимлигининг мажлислар залида сектор раҳбарлари бошчилигида, қишлоқ хўжалигига хизмат кўрсатувчи ташкилотлар ҳамда кластерлар, фермер хўжаликлари вакиллари иштирокида йиғилиш бўлиб ўтди.
Унда жорий йилнинг 1 июнидан бошлаб ғаллани давлат томонидан сотиб олиш ва сотишда бозор нархларига ўтилиши, давлат ресурсларига қабул қилинган буғдой учун дастлаб хўжаликларга маҳсулотнинг ҳар бир тоннаси учун ўртача 3 млн. сўмдан тўлаб берилиши ва июль-август ойларида биржада шаклланган буғдой нархларидан келиб чиқиб, қайта ҳисоб-китоб амалга оширилиши таъкидланди.

Йиғилишда, шунингдек, ғалла ўримига тайёргарлик кўриш, ғалладан ва эртаки экинлардан бўшаган майдонларга такрорий экинлар экиш, кластер ҳамда фермер хўжаликлари раҳбарлари томонидан оталиққа олинган 337 нафар ишсизларга буғдой, сомон пресси бериш, уларга ер майдонларини ажратиш бўйича белгиланган тартиблар ҳам тушунтирилди.
Кундан кунга туманимиз ёш спортчи вакилларининг турли миқёсдаги мусобақаларда намунали иштирок этаётганлиги ҳақидаги хабарлар кўпаймоқда.
Жумладан, Нукус шаҳрида оғир атлетика бўйича болалар ва ўсмирлар спорт мактаблари тарбияланувчилари ўртасида ўтказилган мамлакат чемпионатида Янгиқўрғон туманидан ҳам 6 нафар спортчиларимиз иштирок этишди.


Қувонарлиси, уларнинг 5 нафари юқори натижа кўрсатишиб, умумжамоа ҳисобида Наманган терма жамоаси 2-ўринни қўлга киритди.
Хусусан, 44 кг. вазн тоифасида Мансурбек Ёқубжонов ҳамда 55 кг. тоифасида Ҳаётбек Эрматовлар 1-ўринни, 40 кг. вазн тоифасида Диёрбек Қодиржанов ва +81 кг. вазн тоифасида Мардонбек Мўминовлар 2-ўринни ҳамда Ҳаётбек Аҳмаджонов 36 кг. вазн тоифасида 3-ўринни эгаллаб, Наманган терма жамоаси ютуғига муносиб улуш қўшдилар.
Заҳириддин Муҳаммад Бобур номидаги маданият ва истироҳат боғида ўтказилаётган 61-Халқаро гуллар фестивали кўтаринкиликда давом этмоқда.
Турли давлатлардан, вилоятлардан келаётган гул ишқибозлари учун ҳар куни бадиий чиқишлар, концерт дастурлари ташкилланмоқда.


Ушбу концерт дастурларида Янгиқўрғон тумани маданият бўлими ходимлари ҳам ўз дастурлари билан иштирок этишмоқда.
Жумладан, ширали овоз соҳиблари А.Усманов, У.Розиқов, Н.Баҳриддинов, О.Дадамирзаев, Д.Қурбонов, М.Мақсудов, И.Рахмонов, Ш.Убайдуллаевалар, шунингдек "Истиқлол" бадиий жамоаси, Халқ театри жамоаси фестиваль иштирокчиларига хуш кайфият улашишда фаоллик кўрсатмоқдалар.





