Янгиликлар
Жорий 2024 йилнинг 1 ноябридан ўзини ўзи банд қилган шахслар шуғулланадиган фаолият турлари кенгайтирилади.
Республика Президентининг 2022 йил 30 августдаги ПҚ-166-сонли қарори билан яна 10 та фаолият тури ўзини ўзи банд қилган шахслар шуғулланиши мумкин бўлган фаолият (ишлар, хизматлар) турлари рўйхатига киритилади.
Қуйидаги янги йўналишлар бўйича ўзини ўзи банд қилиш имконияти яратилади:
- Уй ҳайвонлари (қорамол, қўй, эчки, от ва бошқалар) бозорларида воситачилик хизмати;
- Автомобиль бозорларида воситачилик хизмати;
- Риэлторлик хизматини кўрсатиш (ижарага уй топиб бериш, уй сотиб олиш ва сотишга кўмаклашиш);
- Уйда сут ва сут маҳсулотларини қайта ишлаш ва сотиш хизмати;
- Маиший буюмларни ижарага бериш хизмати (стол-стул, идиш-товоқ, асбоб-ускуна ва бошқалар);
- Гипс ва ганчдан буюмлар ясаш (уй жиҳозлари, эртак қаҳрамонлари ҳайкалларини ясаш);
- Тош ва тош маҳсулотларидан ёдгорлик, сувенир ва декоратив буюмлар тайёрлаш;
- Ёғоч маҳсулотларидан сават, нон маҳсулотлари учун махсус идиш ва бошқа буюмларни тўқиш;
- Уй шароитида пилла етиштириш, шахсий томорқа ер участкасида тут меваси, ниҳоли ва кўчатини етиштириш, уйда ипак мато, ипак гилам тўқиш ва сотиш;
- Кулолчилик.
М.Алижонов, - Косонсой тумани Адлия бўлими ДХМ ходими
✅ Оталиққа олинган мактабда Ички ишлар органлари ташаббуси билан "Уч авлод учрашуви" ўтказилди.
Бугун таълим-тарбия жараёнини ўзаро уйғунлаштиришга қаратилган навбатдаги “Уч авлод учрашуви” маънавий-маърифий тадбир 16-умумтаълим мактабида ташкил этилди.



Тадбирда туман ИИБ бошлиғи, подполковник Р.Якуббаев бошчилигида республика ИИВ Академиясининг профессор-ўқитувчилари подполковник Х.Қиличев, доцент Ғ.Ботиров, шунингдек ҳозирда кексалик гаштини сураётган, ички ишлар органларидан нафақага чиққан отахонлар ҳамда мактабнинг битирувчи синф ўқувчилари иштирок этишди
Самимий рухда ўтган тадбирда дастлаб "25 октябрь - Ички ишлар органлари ходимлари куни" муносабати билан байрам табриги ўқиб эшиттирилди. Сўнгра тадбир иштрокчилари ва нафақадаги отахонлар томонидан ёш авлодни ватанпарварлик ва миллий қадриятларга садоқат руҳида тарбиялашнинг аҳамияти ҳақида фикр юритилди.
Тадбир сўнггида иштирокчиларга ҳамда мактабнинг наъмунали ўқувчиларига эсдалик совғалари топширилди.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.11.2021 yildagi “Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi 693-son qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markazlari va “Inson” markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali murojaat qiladilar.
Yo‘llanmalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarga beriladi.
Shuningdek, yo‘llanmalar umumiy soni sanatoriylarning mavjud o‘rinlari hamda tegishli moliya yilida Davlat budjetidan yo‘llanmalar uchun maqsadli tartibda nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari doirasida belgilanadi.
Yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:
urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar;
yoshga doir pensiya oluvchilar.
Yo‘llanmalarni berish davriyligi (birlamchi murojaat etganlar bundan mustasno) quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- a) har yili — navbat asosida:
urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil AES halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarga;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga;
- b) ikki yilda bir marotaba — navbat asosida:
urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga);
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;
- v) uch yilda bir marotaba — navbat asosida yoshga doir pensiya oluvchilarga.
Urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar toifasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan aniqlanadi.
Yangiqo‘rg‘on tuman adliya
bo‘limi Davlat xizmatlari
markazi bosh mutaxassisi
JO‘RABOYEV ALISHER XAYDARALIYEVICH
Tuman Madaniyat markazida 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun oldidan "Ona tili - millatning or nomusidir" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda tumandagi sektorlar rahbarlari, tumandagi korxona-tashkilotlar rahbar va xodimlari, faxriy nuroniylar, aholi vakillari hamda yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni tuman hokimi, ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Asadullo Najmiddinov ochib berdi hamda tadbir ishtirokchilarini sana munosabati bilan tabrikladi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zolari Lobar Rustamova, Qambarali Ibroximov hamda atoqli shoir Muhammadsher Otaboyevlar tomonidan davlat tili to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida fikrlar aytib o‘tildi.
Shuningdek, “Yilning eng faol ma’rifat targ‘ibotchisi” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi g‘oliblarini hamda ta’lim muassasalarida samarali mehnat qilayotgan o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari taqdirlanib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir yakunida tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan konsert dasturlari namoyish etildi.
Jahon tajribasida mamlakat aholisining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, kasbi, bandligi, daromad manbai va boshqa jihatlar bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘plashning eng samarali usuli aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish hisoblanadi. Shu bois, mamlakatimizda ilk bor o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga hozirdan jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
— Ko‘pchilik insonlar aholini ro‘yxatga olish amaliyotini statistik ma’lumotlar to‘plash tadbirlarining bir ko‘rinishi, deb tushunadi. Ammo bu shunchaki statistika emas, balki mamlakat aholisining ma’lum bir vaqtdagi fotosuratini ko‘rish imkoniyatini beradigan yirik miqyosdagi tadbir hisoblanadi. Mazkur davlat darajasidagi keng ko‘lamli, ko‘p vaqt va mablag‘ talab etadigan tadbirni o‘tkazish uchun xalqaro talablarga muvofiq 2-3 yil davomida tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi.
Birinchi usulda ro‘yxatga oluvchi xodimlar uyma-uy yurib, so‘rov o‘tkazadi va savollardan iborat varaqani respondentlarning so‘zlari asosida to‘ldiradi. Bunda ro‘yxatga olish ishlari besh xil shakldagi so‘rovnomalar — turar joyning xususiyatlari va unda yashovchilar ro‘yxati, shaxsga oid savolnoma, O’zbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet el fuqarolari uchun savolnoma, aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha savolnoma hamda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun nazorat varaqasi berish asosida o‘tkaziladi.
So‘rovnomalar asosiy demografik ko‘rsatkichlar, aholining mexanik harakati, migratsiyasi, milliy xususiyatlari, fuqaroligi, ta’lim darajasi, uy xo‘jaligi a’zolarining iqtisodiy holati, bolalar soniga oid savollardan iborat bo‘ladi. Yashab turgan xonadonida ro‘yxatdan o‘tishni istamagan respondentlar uchun ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini to‘ldirish ularning o‘zlari yashab turgan mahallalarda tashkil etiladigan instruktorlik uchastkalarida amalga oshiriladi. Respondentlar tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi va ularning mazmuni oshkor etilmasligi ro‘yxatga oluvchi tomonidan kafolatlanadi.
Ikkinchi usulda respondentlarga qulaylik yaratish maqsadida internet jahon axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi. Bunda so‘rovnomalar aholining o‘zi tomonidan maxsus dastur orqali to‘ldirilib, belgilangan elektron manzilga jo‘natiladi.
—Ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan tayyorlangan yig‘ma ro‘yxatlar natijalari asosida shahar va qishloqlar, shu jumladan, erkaklar va ayollar bo‘yicha aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar yakuniy ma’lumotlar respublika hamda hududlar bo‘yicha shakllantirilib, rasman e’lon qilinadi.
Mazkur vazifalarning bari tizimli tarzda amalga oshirilgani holda, ro‘yxatga olish orqali respublika aholisi va uning farovonligi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar to‘planadi. Ular aholi soni, tarkibi va taqsimlanishi bo‘yicha to‘liq bazani shakllantirish bilan birga, Milliy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, ularda foydalaniladigan demografik o‘zgarishlar tendensiyalari, mehnat resurslari joylashuvi hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishda qo‘l keladi.





