Инсон қадри улуғланаётган мамлакатимизда фуқароларнинг муаммоларига ечим бериш, мушкулларини осон қилиш, турмушини фаровонлаштириш борасида ибратли ишлар амалга оширилмоқда.

Хусусан, Адлия вазирлиги томонидан жорий йилнинг 20 январидан 20 мартга қадар давом этадиган “Ҳеч бир шахс ҳужжатсиз қолмайди!” ҳуқуқий акциясининг ўтказилиши ҳам фикримиз далилидир.

Мазкур ҳуқуқий акция доирасида тегишли ҳуқуқлари бўлмаган, олинмаган, йўқотилган ва бошқа ҳуқуқий кўмакка муҳтож барча фуқаролар Адлия бўлими (ФҲДЁ, ДХМ, ЮХКМ)га мурожаат қилишлари мумкин.

Хусусан, туғилиши қайд этилмагани оқибатида шахсини тасдиқловчи ҳужжатларга эга бўлмаган шахсларга ёрдам кўрсатилади.

Яқин қариндошининг ўлими қайд этилмаган шахслар, туғилганлиги ёки яқин қариндошининг ўлими ҳақидаги тиббий маълумотномага эга бўлмагани сабабли юридик фактни белгилаш юзасидан судларга мурожаат қилиши лозим бўлган шахслар ҳуқуқий ёрдам олади.

Шунингдек, тадбиркорлик субъектларини давлат рўйхатидан ўтказишда ёки қайта рўйхатдан ўтказишда муаммоларга дуч келаётган шахслар, кўчмас мулкларини давлат рўйхатидан ўтказишда қийинчиликларга дуч келаётган шахсларга кўмак кўрсатилади.

Фуқароларнинг ушбу турдаги мурожаатлари жойлардаги туман (шаҳар) адлия бўлимларида ташкил этилган махсус штаблар ёки «1148» қисқа рақамли ишонч телефони орқали тезкорлик билан қабул қилинмоқда. Сайёр қабуллар ташкил этилмоқда.

Феруза Қодирова,
туман ФҲДЁ инспектори


Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisi, tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Ikkinchisi, asosiy bosqich bo‘lib, bunda bevosita aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va aholini ro‘yxatga olish materiallari topshiriladi. Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi. So‘nggi bosqich qariyb uch yil davom etib, olingan ma’lumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar e’lon qilinadi.
Ro‘yxatga olish jarayonida to‘planadigan statistik ma’lumotlar yagona elektron axborotlar tizimiga kiritiladi. Ya’ni bundan bu yog‘iga qog‘ozbozlikdan voz kechib, zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga e’tibor qaratiladi.
O’zbekistonning mukammal kadastr xaritasi yaratiladi
Aholini ro‘yxatga olish barobarida yana bir muhim vazifani bajarish ko‘zda tutilgan. Bu  hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish bilan bog‘liq masala.
Turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini o‘tab bo‘lgan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat ob’ektlarni qurish va ta’mirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, respublikaning yangi mukammal kadastr xaritasi yaratiladi.
Reja aniq, vazifa mas’uliyatli
Keyingi yilda mas’ul mutasaddilarni qaynoq ish jarayoni kutib turibdi. Ularni muvaffaqiyatli bajarish bilan viloyatning har bir shahari, tumanidan tortib mahallasiyu ko‘chasiga, chekka qishloq va olis ovullarigacha aloqador bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan yagona axborot bazasiga ega bo‘lamiz. Bu qimmatli ma’lumotlar esa bizga bugun, ertaga va yaqin kelajakda juda asqotadi.
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilayotgan ko‘p yillik dasturlar, amalga oshirilayotgan tizimli o‘zgarishlar va belgilab olinayotgan rejalar manzil aniq bo‘lsagina, yuqori samara beradi. Demak, mazkur jarayon bilan shu choqqacha e’tibordan chetda qolib kelgan sohaga chinakam poydevor qo‘yiladi, deyish har jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi.

Aholini ro‘yxatga olish nima uchun kerak? U necha bosqichda o‘tkaziladi?
Mazkur tadbir bizga nima beradi?
Aholi sonini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil va e’lon qilishning yagona jarayonidir. U aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai bo‘lib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.
O’z navbatida, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Aholi sonini ishonchli hisoblash bo‘yicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol o‘ynaydi.

 

 Yangiqo‘rg‘on tumanida “Mehr daftari”ga kiritilgan bolalarning muammolari, ehtiyoj va qiziqishlari doimiy ravishda o‘rganilib, yechimga keltirilmoqda.

Xususan, “Mehr daftari”ning 3-bosqichida ham 5 nafar bolajonlar ro‘yxatga olindi.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida ularni ayni kunda qiynayotgan muammolari hal etildi.

Bugun ularga zarur bo‘lgan noutbuk, velosiped va boshqa jihozlar topshirildi.

Бугун тонгда туман ҳокимлигида бўлиб ўтган йиғилишда қишлоқ хўжалигига хизмат кўрсатувчи ташкилотлар раҳбарлари, агрофирмалар раислари, фермерлар иштирок этдилар.

Йиғилишда туман ҳокими Асадулло Нажмиддинов айни кунларда бажарилиши лозим бўлган агротехник тадбирларни ўз вақтида ва сифатли амалга ошириш, токзор ва тутзорларни кўпайтириш, борини парваришлаш, сув исрофининг олдини олиш мақсадида ички ариқларни бетонлаштириш, лоток ёки қувурлар ётқизиш, тежамкор суғориш технологияларини жорий этиш бўйича кўрсатмалар берди.

🗓 2023-yil yakunlari boʻyicha yillik 1-kb shakli, 1-fx shakli hamda 1-mehnat shakli statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlariga hisobotlarini taqdim etishda uslubiy yordam berish maqsadida, Statistika agentligi tomonidan “On-line” muloqot tashkil etiladi.

✅ “Оn-line” muloqotda 1-kb shakli, 1-fx shakli hamda 1-mehnat shakli hisobotlarining har bir boʻlimi, ulardagi koʻrsatkichlar boʻyicha savollarga javob beriladi.

✅ O‘z navbatida, “On-line” muloqotlar
"Zoom" platformasi orqali (https://us06web.zoom.us/j/82409693261?pwd=CeEHi9Zzb01aJ97v9n5AbpyqZ2eEf7.1) 2024-yilning 29-yanvaridan 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 11:30 ga qadar tashkil etiladi.

✅ Eslatib oʻtamiz, 1- mehnat shakli statistika hisobotini taqdim etish muddati 2024-yilning 1-fevral sanasida hamda 1- kb shakli va 1- fx shakli statistika hisobotlarini taqdim etish muddati 2024-yilning 27-fevral sanasida yakunlanadi.

❗️“On-line” muloqotlarda faol ishtirok eting! (https://us06web.zoom.us/j/82409693261?pwd=CeEHi9Zzb01aJ97v9n5AbpyqZ2eEf7.1)

Zoom ID: 824 0969 3261
Kirish kodi: 485222